Zarbarlar kombinatsiyasi bilan Justin Getji qoyil qoldirgan UFC chempioni kim?

  • 11.01.2026 17:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Amerikalik taniqli UFC jangchisi Justin Getji engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya haqida gapirdi.

"MMA - juda ajoyib sport. Unda istalgan vaqtda istalgan narsa yuz berishi mumkin. Shu bois har bir jang oldidan barchamiz hayajonlanamiz. Ayniqsa, men Topuriya kabi raqibga qarshi bahsda xato qilmaslik haqida ko‘p o‘ylayapman. U bilan jangda o‘ng qo‘l zarbasiga ilinib qolmaslik zarur. Ochig‘i, Iliyaning Charlz Oliveira bilan to‘qnashuvdagi kombinatsiyalariga qoyil qoldim”, - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Sportskee" da. 

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Getji "UFC 324" turnirida engil vaznda vaqtinchalik UFC chempionligi uchun Peddi Pimblettga qarshi jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!