
Zaur Abdullaev IBF chempionligi uchun jang qiladi
IBF rossiyalik bokschi Zaur Abdullaev va amerikalik Raymond Muratalla o‘rtasida engil vazn toifasida vaqtinchalik jahon chempioni unvoni uchun jang tayinladi, deb xabar bermoqda RCC Boxing Promoutions.
30 yoshli Abdullaev Argentinadagi saralash bahsida mahalliy bokschi Xaver Karraskoni mag‘lub etib, reytingda ikkinchi o‘rinni egalladi, 27 yoshli Muratalla esa reytingda to‘rtinchi bo‘ldi.
Engil vazn toifasida IBF chempioni Vasiliy Lomachenko o‘tgan yilning may oyida chempionlik unvonini qo‘lga kiritganidan beri ringga chiqmadi va 36 yoshli ukrainalik bokschi bu yil faoliyatini davom ettiradimi yoki yo‘qmi, bu ham noma’lum.
Agar Lomachenko kamardan voz kechsa, Abdullaev-Muratalla jangi g‘olibi to‘liq IBF chempioniga aylanadi.
Fikrlar