
Zidan 40 yillik an’anani buzdi
Evropada yakunlangan yozgi transferlar bozorida “Real” birorta futbolchini xarid qilmadi. “Qirollik klubi” 40 yildan buyon har gal transferga qo‘l urar edi. Bu gal pandemiya ta’sirida moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelgan madridliklar transferlardan voz kechdi.
Bosh murabbiy Zinedin Zidan tarkibni kuchaytirish maqsadida ijarada yurgan futbolchilarni sinovdan o‘tkazib ulardan uch nafarini jamoada olib qoldi. Frantsiyalik mutaxassis qaroriga ko‘ra, darvozabon Andrey Lunin, yarim himoyachi Martin Edegor va himoyachi Alvaro Odriosola mavsumni “Real”ning asosiy tarkibida o‘tkazadigan bo‘ldi.
Ispaniyaning amaldagi chempioni bo‘lgan madridliklar bu yilgi mavsumda ham beshinchi turdan so‘ng, 10 ochko bilan peshqadamlikni o‘zida saqlab turibdi.
Fikrlar