Zidan: Asensio va Vaskes bundan ham ko‘prog‘iga loyiq
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya La ligasi 24-turidan o‘rin olgan “Betis”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng shogirdlari – Lukas Vaskes hamda Marko Asensiolarni maqtadi.
“Men Asensioning o‘yinini yuqori baholayman. Biroq men uchun jamoaviy o‘yin birinchi o‘rindadir.
Vaskesni maqtay olaman. Bu futbolchilar doimo bundan ham ko‘proq maqtovga loyiqlar. Ular kerak bo‘lsa, “qora ishlar”ni ham qilishga tayyorlar”, – deb frantsiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi Marca nashri

Fikrlar