Zidan: Asensioning jarohati jiddiy

  • 24.07.2019 14:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan bugun “Arsenal”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Marko Asensio haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi chap tizzasidan jiddiy jarohat oldi va kamida 8-9 oy maydonga tushmasligi taxmin qilinmoqda.

“Biz sodir bo‘lgan voqeadan xavotirdamiz. Asensioning jarohati tizzasi bilan bog‘liq. U tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun darhol kasalxonaga yuborildi. Hozircha hammasi yomon ko‘rinmoqda. Ammo, umid qilamizki jarohat biz kutgandek jiddiy bo‘lib chiqmaydi. Bu biz uchun kunning eng yomon voqeasi bo‘ldi. Bunday futbolchining yo‘qligi o‘yinimizga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!