
Zidan Azardan nega norozi?
“Real”da belgiyalik vinger Eden Azarning vazni og‘irligidan norozi bo‘lishyapti.
ABC tarqatgan xabarga ko‘ra, Azar ta’tilda o‘zini tiyishni bilmagan va ortiqcha vazn bilan qaytib kelgan. Bu esa, bosh murabbiy Zinedin Zidanni qattiq ranjitgan.
Azar 2019 yilning yozida “Chelsi”dan “Real”ga kelgan paytida ham ortiqcha vaznga ega edi. U o‘tgan mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar