Zidan Frantsiya bosh murabbiyligi uchun shartnomani imzolamagani sababi oshkor bo‘ldi

  • 19.11.2025 08:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi boshqaruvida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Evropa matbuotining ma’lum qilishicha, jamoani 2012 yildan beri boshqarib kelayotgan Dide Desham 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin joyini bo‘shatadi.

Tecno

57 yoshli Deshamning o‘rnini yana bir taniqli mutaxassis Zinedin Zidan egallashi kutilmoqda. Zidan 2021 yili “Real” bosh murabbiyligidan ozod etilganidan beri ishsiz yuribdi.

Unga har yili grand klublardan taklif tushadi. Biroq Zidan Frantsiya terma jamoasini boshqarish ilinjida bu chorlovlarning birortasini qabul qilgani yo‘q.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Zidan o‘zi kutgan lavozim – Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun Frantsiya futbol federatsiyasi bilan shartnoma imzolagani yo‘q.

Bunga Zidanning Deshamga bo‘lgan hurmati sabab ekani aytilmoqda. U hozirgi murabbiy bosh murabbiy sifatida ishini yakunlamagunicha bu lavozimni qabul qila olmasligini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!