Zidan Frantsiya terma jamoasiga to‘qqiz nafar yangi futbolchini chaqiradi
Frantsiya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan kengaytirilgan tarkib ro‘yxatiga avvalgi bosh murabbiy Didye Desham davrida hech qachon milliy jamoaga chaqirilmagan to‘qqiz nafar futbolchini kiritishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida L'Équipe nashri xabar berdi.
Zidan imkoniyat berib, sinab ko‘rishni maqsad qilgan futbolchilar ro‘yxatiga Olivye Boskalyi (“Brayton”), Jeremi Jake (“Liverpul”), Esteban Lepol (“Renn”, Lukash Da Kunya (“Komo”), Andi Diyuf (“Inter”), Pablo Pajji (“Parij”), Enzo Le Fe (“Sanderlend”), Pyer Ganiu (“Lans”) va Mattye Yudol (“Lans”) kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, Zidan qo‘l ostida Frantsiya terma jamoasi ilk uchrashuvini 25 sentabr kuni Millatlar ligasi guruh bosqichining 1-turida Turkiya terma jamoasiga qarshi safarda o‘tkazadi.

Fikrlar