Zidan Germaniyadan ish topdi

  • 08.11.2020 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidanning o‘g‘li Entso faoliyatini Germaniyada davom ettirishga  tayyorgarlik ko‘ryapti.

Germaniya ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan “Ertsgebirge” klubi prezidenti 25 yoshli yoshli hujumchiga shartnoma taklif qilgan.

- Entso Zidan bilan muzokaralar to‘rt hafta davom etdi. Transferning cho‘zilishiga koronavirus pandemiyasi ham ta’sir o‘tkazdi, - dedi  “Ertsgebirge” klubi prezidenti Xelge Leonxardt.

Entso Zidan oktyabr oyining boshida Ispaniyaning “Almeriya” klubini tark etgan va ishsiz yurgan edi. Mashhur murabbiyning o‘g‘li faoliyati davomida Shveytsariya va Portugaliya klublarida ham to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!