
Zidan hamyurtini "Real"ga oladimi?
“Chelsi”ning frantsiyalik futbolchisi N'Golo Kante keyingi transferlar bozori ochilishi bilan klubni tark etishga hozirlik ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, 29 yoshli yarim himoyachi “Real” tarkibiga qo‘shilishni rejalashtirgan. Ayni paytda Zinedin Zidanning bu transfer bo‘yicha qanday qarorga kelishi noma’lum.
Kante 2016 yilda “Lester” tarkibida Angliya chempionligini qo‘lga kiritganidan keyin, 36 million evro evaziga London grandi tarkibiga qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha davom etadi. Tajribali futbolchi jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard bilan kelisha olmay qolgani ham aytilmoqda.
Fikrlar