Zidan Koentrauning “Real”ni tark etmasligiga umid qilmoqda

  • 3 aprel, 2017, 10:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan portugaliyalik himoyachi Fabio Koentrauning jamoada qolishiga umid qilayotganini ma’lum qildi.

“Koentrau menga kerak, u jamoaning bir qismi. Fabio jarohatlari tufayli jismoniy jihatdan muammolarga duch keldi. U “Real” uchun ko‘p o‘yinlar o‘tkazgani va Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lganini yodda saqlashi kerak.

Jarohatlar uni safdan chiqarib yubordi. Bunday paytlarda esa davolanish va sog‘liqni o‘ylash muhimroq. Umid qilamanki, Koentrau mavsum so‘nggida bizni tark etmaydi”, – dedi frantsiyalik mutaxassis.

Joriy mavsumda “Real” Ispaniya chempionatida 28 o‘yin o‘tkazdi, Fabio Koentrau esa ulardan atigi bittasida ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!