
Zidan Marseloga o‘rinbosar topdi
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z jamoasida "Bavariya" himoyachisi David Alabani ko‘rishni xohlamoqda.
AS nashrining yozishicha, frantsiyalik mutaxassis Avstriya terma jamoasi futbolchisini Marseloga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Aytish lozimki, Alabaning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. U esa boshqa jamoaga ketmoqchi va nemis grandi bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas.
David Alaba joriy mavsum “Bavariya” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar