
Zidan navbatdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
La Liga 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Real" "Alaves"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu o‘yindan so‘ng madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Sport formamiz borasida hech qanday izoh yo‘q. Bugun biz ikki xil: yaxshi va yomon o‘yin ko‘rsatdik. Gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng, barchasi ancha murakkablashdi. "Inter"ga qarshi zo‘r o‘yin namoyish etgandik. Ammo bugun emas.
Biz futbolchilarimizning formaga qaytishi va o‘yin uslubimizni o‘zgartirish uchun astoydil harakat qilishimiz kerak", - deya frantsiyalik mutaxassis so‘zlarini keltirmoqda "Marca" nashri.
Bu "Real" uchun mavsumdagi 3-mag‘lubiyat sifatida qayd etildi. Avvalroq, "qirollik klubi" "Kadis" hamda "Valensiya"ga yutqazgan edi.
Fikrlar