Zidan: Ronaldu "Yuventus"ga qarshi qanday formada bo‘lgan bo‘lsa, hozir ham shunday

  • 7 avgust, 2017, 23:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan UEFA Superkubogida “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz yaxshi formadamiz va mavsumni boshlashga tayyormiz. Biz jismoniy tayyorgarlik borasida katta ishlar olib bordik. Ertangi o‘yinda bir nechta faktorlar o‘yin taqdirini xal etishi mumkin. Biz doimo o‘z futbolimizni o‘ynab kelganmiz. Ertangi raqibimiz haqida ko‘p narsalarni bilamiz va ulardan oqilona foydalanishimiz kerak.

Krishtianu meni xayron qoldirmoqda. U EchL finalida qanday formada bo‘lgan bo‘lsa, hozir ham xuddi shunday formada. U o‘ynashga tayyor. Maydonga tushadimi yoki yo‘q ertaga bilib olamiz.

Beyl ham yaxshi formada va jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. U 4 oy o‘ynamadi. Biroq hozir hammasi joyida”, – deb aytib o‘tdi fransiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, uff.uz jurnalisti San’at Sharipov ayni damda UEFA Superkubogi bo‘lib o‘tadigan Skope shahrida bo‘lib turibdi va Sports.uz internet-axborot portali muxlislari uchun ushbu bahsni yaqindan yoritish maqsadida turli foto va video xabarlar yubormoqda. Kun davomida biz bilan qoling.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!