
Zidan ruhsat bersa, Sebalos "Arsenal"ga ketadi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Dani Sebalos katta ehtimol bilan faoliyatini "Arsenal"da davom ettiradi. Bu haqda AS nashri tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "kanonirlar" 22 yoshli futbolchi uchun bo‘lgan kurashda "Tottenxem" va "Milan" klublarini ortda qoldirishdi.
Agar madridliklar ustozi Zinedin Zidan Sebalosning ketishiga ruhsat bersa, u holda futbolchi ijara asosida London klubiga yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, Sebalos o‘tgan mavsum "Real" safida jami 34ta o‘yinda ishtirok etdi va 3ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar