Zidan sotgan futbolchi “Real”ga kerak bo‘lib qoldi

  • 20 oktabr, 2020, 23:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning braziliyalik himoyachisi qishki transferlar vaqtida AQShga ko‘chib ketishni rejalashtirayotganini ma’lum qilganidan so‘ng, madridliklar rahbariyati uning o‘rnini bosadigan futbolchi qidira boshladi.

Tecno

Hozircha, “Qirollik klubi” mutasaddilari yaqinda “Tottenxem”ga transfer qilingan Serxio Regilonni qayta sotib olishni o‘ylamoqda. Futbolchining shartnomasida bunga imkon beradigan band bor.

Zinedin Zidanga ma’qul kelmagan Regilon 30 million evro evaziga Joze Mourino jamoasiga sotib yuborilgan edi. Endi madridliklar yozda uni ortga qaytarish uchun 40-45 million evro miqdorida pul sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!