
Zidanning akasi olamdan o‘tdi
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidanning akasi Farid Zidan hayotdan ko‘z yumdi.
U uzoq vaqt davomida saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan edi. U 54 yoshda olamdan o‘tdi. Aynan mana shu sabab “qirollik klubi” ustozi Kanadadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini tashlab kelishga majbur bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, “Real”ning bugungi mashg‘ulotlari bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.
Fikrlar