
Zidanning rejasi ish bermadi. “Real”super futbolchidan voz kechdi
Zinedin Zidan yozgi transferlar vaqtida olib kelinadigan futbolchilar ro‘yxatida “Bayer” yarim himoyachisi Kay Xavertsni birinchi o‘ringa qo‘ygan edi.
Lekin klub rahbariyati pandemiya ta’sirida yuzaga kelgan vaziyat tufayli bu futbolchining transferini ko‘tara olmasligini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Xavertsga “Bavariya” ham shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda. Myunxenliklar 20 yoshli futbolchiga 5 yillik bitim va yiliga 8 million evro maosh va’da qilgan.
Fikrlar