Ziesh "An-Nasr" bilan kelishib oldi

  • 21 iyun, 2023, 13:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" futbolchisi Hakim Ziesh "An-Nasr"ga o‘tishga juda ham yaqin turibdi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. U klub bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Saudiya Arabistoni jamoasi "aristokratlar" bilan ham kelishib olgan.

Ma’lum bo‘lishichaZiesh 2026 yilgacha amal qiladigan bitimga qo‘l qo‘ygan. Uning maoshi Taxminan yiligcha 25 million evro bo‘ladi. 

Hakimdan tashqari, yana bir nechta "Chelsi" vakillari Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan. Avvalroq, Kante rasman "AL-Ittihod" futbolchisiga aylandi. Shuningdek, Kulibali "Al-Hilol"gaMendi "Al-Ahli"ga o‘tishga yaqin turibdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!