Zirkze qishda Italiyaga qaytishi mumkin

  • 10 oktabr, 21:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabariga ko‘ra, "Roma" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini anchadan buyon niderlandiyalik hujumchi Joshua Zirkze bilan ishlashni xohlagan.

Tecno

Hozirda "Manchester Yunayted" safida to‘p surayotgan Zirkze bu mavsumda juda kam o‘yin amaliyoti (100 daqiqadan kam) olgani uchun norozi. U Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishdan qo‘rqmoqda va agentidan yangi jamoa topishni so‘ragan — hatto bu ijara asosida bo‘lsa ham.

"Roma" uchun bu variant juda maqbul sanaladi. Shuningdek, Zirkzega "Vest Xem" va "Everton" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!