Zo‘ri shu! "Manchester Siti" Xolandga o‘rinbosar tanladi
«Manchester Siti» tarkibida hozircha tabiiy markaziy hujumchi sifatida faqat Erling Holand qoldi. Yozgi transfer oynasida klub Umar Marmush bilan xayrlashdi.
Misrlik forvard «Tottenxem» safiga yo‘l oldi.
The Touchline nashri ma’lumotiga ko‘ra, yangi mavsumda norvegiyalik yulduzning asosiy o‘rinbosari sifatida Antuan Semenyo ko‘riladi.
Enzo Mareska Holandga dam berish kerak bo‘lgan paytlarda aynan ganalik futbolchini hujum markazida maydonga tushirishi kutilmoqda.
Antuan Semenyo odatda qanotlarda harakat qiladi, biroq u markaziy hujumchi pozitsiyasida ham yetarlicha tajribaga ega.
Avval «Bornmut» sharafini himoya qilgan 26 yoshli futbolchi yanvar oyida «Manchester Siti»ga qo‘shilganidan buyon jamoa tarkibida 30 o‘yin o‘tkazdi va ularda 11 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirishga ulgirdi.

Fikrlar