
Zoteev maydonga tushgan bahsda uning jamoasi yana 4:0 hisobida zafar quchdi
Yaqinda Janubiy Koreyaning Key-2 ligasida faoliyatini boshlagan hamyurtimiz Oleg Zoteev bugun “Chonnam Dragons” tarkibida navbatdagi o‘yinini o‘tkazdi.
Bundan avval Koreya Kubogining 3-bosqichi doirasida “Kyonnam”ni 4:0 hisobida enggan “Chonnam Dragons” bu safar Key-2 ligasining 9-turida “Ansan Griners”ni qabul qilib yana 4:0 hisobida raqibini tor-mor keltirdi.
“Chonnam Dragons” tarkibida Oleg Zoteev boshlang‘ich tarkibdan joy olib, o‘yinni to‘liq o‘tkazgan holda jamoasining ishonchli g‘alabasiga katta hissasini qo‘shdi.
Fikrlar