
«Barselona» Isroilning «Makkabi» jamoasini "yanchib tashladi"
Basketbol bo‘yicha Evropa ligasining 9 tur bahslari o‘tkazildi.
Ispaniyaning «Barselona» klubi «Palau Blaugrana» arenada Isroilning «Makkabi FOX» jamoasini qabul qildi. Uchrashuvdan ispan jamoasi raqiblarini 89:67 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Turning markaziy uchrashuvi Germaniyada «Bamberg» va «Valentsiya» jamoalari o‘rtasida bo‘ldi. Safarda o‘ynashiga qaramasdan «Valentsiya» klubi a’zolari raqiblariga jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. Biroq omad «Bamberg»ga kulib boqdi va 83:82 hisobida zafar quchdi.
Shuningdek, ushbu turda «Jalgiris» (Litva) va «Anadolu Efes» (Turkiya) uchrashuvida 91:83 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, «Milan» (Italiya) – «Olimpiakos» (Gretsiya)ga 85:86, «Srvena Zvezda» (Serbiya) esa «Baskoniya» (Ispaniya)ga 81:85 hisobida engildi.
Fikrlar