
Osiyo o‘yinlari. Diyora Keldiyorova jamoamiz hisobiga ilk oltin medalni taqdim etdi (fotogalereya)
O‘zbekiston delegatsiyasi XIX Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Ushbu muvaffaqiyatga dzyudochimiz Diyora Keldiyorova erishdi. -52 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchimiz BAA vakili Birshelt Xorlodoini mag‘lubiyatga uchratib, o‘z g‘alabalari orasiga Osiyo o‘yinlari chempionligini ham qo‘shib qo‘ymoqda.
Diyorani arenaning o‘zidan Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda Oybek Kasimov boshchiligidagi O‘zbekiston MOQ rahbariyati birga qo‘llab-quvvatlab turdi.
Quyida ushbu jarayonlardan qaynoq fotogalereyani tomosha qiling!

















Fikrlar