​Erik ten Xag ishongan o‘yinchi boshqa grandga o‘tmoqchi

  • 16 avgust, 2024, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Skott Maktominey faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishga yaqin turibdi.

Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, “Napoli” 27 yoshli o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Manchesterliklar shotlandiyalik futbolchi ijaraga berilmasligini, uni olmoqchi bo‘lgan klub kamida 30 million evro to‘lashini ta’kidlamoqda.

Ta’kidlash joizki, Skott Maktomineya bosh murabbiy Erik ten Xagning ishongan o‘yinchilaridan hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda jamoasi uchun bir necha muhim gollarni urgan edi.

Shotlandiyalik futbolchi Manchesterga kelganidan beri jami 253 ta uchrashuvda ishtirok etib, 29 ta gol va 8 ta assist muallifi bo‘ldi. Gollarining uchtan birini aynan Erik ten Xag qo‘l ostida o‘tgan mavsumda kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!