Qudratillo Abduqahharov: Ertangi jangga tayyorgarlik a’lo darajada o‘tdi

  • 16 mart, 2018, 19:31
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Qudratillo Abduqahharov navbatdagi jangini Malayziyada o‘tkazadi. Bugun mazkur jang oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Subang-Jaya shahrida bo‘ladigan ushbu jang 12 raund etib belgilangan. Mazkur to‘qnashuvda hamyurtimizga vengriyalik tajribali charm qo‘lqop ustasi Latslo Toz raqiblik qiladi va "World Boxing Council Silver" chempionlik kamarini himoya qiladi. Uning raqibi professional ringda jami 29 ta jang o‘tkazib, shulardan 25 tasini g‘alaba (17 nokaut) qozongan bo‘lsa, 1 marta durang qayd etgan.

Qudratillo Abduqahharov esa professional ringga 2015 yil oktyabrida kirib kelgan va shu vaqtga qadar 13 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. 9 tasida raqiblari ustidan muddatidan oldin zafar quchgan.

Jangga tayyorgarlik zo‘r o‘tdi. Kayfiyatlar ham yaxshi. Jang uchun belgilangan vaznni to‘g‘riladik. Raqibni ham o‘rganib chiqdik va unga qarshi jang usuli bor. Barchasi yaxshi o‘tib, muxlislarni xursand qilamiz. Ertangi jangda faqat va faqat g‘alaba uchun ringga chiqamiz, – deydi Qudratillo Abduqahharov Sports.uz internet portaliga.

Mazkur jang SPORT TV orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu boks kechasida yana bir engilmas bokschimiz Azizbek Abdug‘ofurov professional faoliyatidagi 10-jangni afrikalik bokschiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!