Arturo Vidal “Real” futbolchilarini sichqonlar deb atadi (FOTO)

CHERY AUTO

 

Tecno

“Bavariya” klubi EChL yarim final javob o‘yinida “Real” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (3:4) musobaqani tark etdi.

Myunxenliklar yarim himoyachisi Arturo Vidal jamoasining “Real”ga qarshi o‘yinidan keyin jahli chiqib, raqib a’zolarini siqchonlar deb atadi. Chililik futbolchi “Instagram”dagi sahifasiga “Real” futbolchilari muvaffaqiyatni nishonlayotgan kadrni suratga olib, uning tepasiga ispan tilida Ratones, ya’ni sichqonlar deb yozdi.

Bir muddat o‘tib, Vidal suratni o‘chirib tashladi. Biroq uning suratini saqlab qolganlar topildi.

Qayd etish kerakki, 30 yoshli futbolchi tizzasidagi jarohat tufayli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!