"Iftixor" - "Paxtakor" uchrashuvi videosharhi
Xabaringiz bor kecha O‘zbekiston kubogida 1/8 final o‘yinlari start oldi. Jumladan, shu kuni Toshkentning "Paxtakor" klubi Oltiariqning "Iftixor" jamoasi bilan kuch sinashdi.
Aslida Farg‘onada kechishi kerak bo‘lgan o‘yin ayrim sabablarga ko‘ra Toshkentga ko‘chirilgan edi. Ushbu o‘yinda "sherlar" raqiblari darvozasiga javobsiz 6 ta gol kiritishdi.
Gollarga Jasur Hakimov, Jasur Yaxshiboev hamda Doston Ibrohimovlar mualliflik qilishdi. Shu tariqa, Shota Arveladze shogirdlari chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar