"Qizilqum"ga qarshi o‘yin Berdiev uchun "Nasaf" boshqaruvidagi so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin

  • 1 oktabr, 2018, 20:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda o‘z tarixidagi eng yomon natijalardan birini qayd etib kelayotgan Qarshining “Nasaf” klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berishi mumkin.

“Ajdarlar” bosh menejeri Sergey Kucherenkoga yaqin manbaamizning ma’lum qilishicha Superliganing navbatdagi turida “Qizilqum”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin. Qolaversa, qarshilik muxlislar ham “Nasaf”ning ko‘rsatayotgan natijalaridan mutlaqo qoniqish xosil qilishmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda agar Berdiev “Nasaf”dan ketsa, kelgusi mavsum Olmaliqning AGMK klubini boshqarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” ayni damda “jon saqlash guruhi”da 17 ochko Bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvi ertaga 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!