
Yoaxim Lyov APL jamoalaridan birini boshqarishi mumkin
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev APL chempionatini yoqtirishini aytib o‘tdi. U kelajakda ingliz klublaridan birini boshqarish istagi borligini yashirmagan.
58 yoshli mutaxassisning Germaniya futbol uyushmasi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan.
– APL men uchun har doim qiziqarli bo‘lgan. Bu ajoyib liga. Nima bo‘lishini esa ko‘ramiz. 2020 yildagi Evropa chempionatidan so‘ng ko‘p narsaga oydinlik kiritiladi.
– Hozir men ikki yildan keyin nima bo‘lishini ayta olmayman. Menga Germaniya termasini boshqarish yoqadi va bu menga motivatsiya beradi, – deydi Lyov.
Fikrlar