
Alpomish 51 soniyada raqibini nokautga uchratdi
AQShda faoliyat yuritib kelayotgan aralash jang san’atlari (MMA) ustasi o‘zbekistonlik Murodbek Choriev (laqabi - Alpomish) o‘zining navbatdagi ikkinchi jangini muddatidan oldin yakunlashga erishdi.
Missuri shtatining Sent Lyuis shahridagi “River City Casino & Hotel” arenasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda sportchimizga amerikalik Antoni Oden raqiblik qildi, biroq muxlislar mazkur bellashuvni 51 soniya kuzatishdi xolos. Jangni faol boshlagan Murodbekning ketma-ket zarbalaridan so‘ng hakam jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Alpomish aprel oyida MMAda debyut qilib, bu turnirni g‘alaba bilan boshlagan edi.
Fikrlar