Karen Xachanov chorak finalga chiqa olmadi

"Dubai Duty Free Tennis Championships - 2018" turnirining ikkinchi davrasida rossiyalik Karen Xachanov kutilmagan mag‘lubiyatga uchradi.

Dubay shahrida o‘tayotgan musobaqada Karen va frantsiyalik Lyuka Puy chorak final yo‘llanmasi uchun o‘zaro raqobatlashdi. Mazkur uchrashuvda Lyuka tajribali rus tennischisini  4:6, 6:3, 3:6 hisobida mag‘lub qildi.

Shu tariqa g‘alaba qozongan Puy chorak finalda yaponiyalik Yuiti Sugitaga bilan kuch sinashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!