Sabina va Yasmina livanlik tennischilarni "dodi"ni berdi

Tennis bo‘yicha Xotin-qizlar o‘rtasidagi norasmiy jahon chempionati deya e’tirof qilinadigan Federatsiyalar kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi saralar bahslari ikkinchi guruh uchrashuvlari Bahraynda o‘tkazilmoqda.


10 fevral kuniga qadar o‘tkaziladigan mazkur musobaqada  O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhida Livan va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Guruh bahslarida terma jamoamiz birinchi o‘yinini Livanga qarshi o‘tkazmoqda.

Yakkalik bahslarining dastlabkisida yosh tennischimiz Yasmina Karimjonova livanlik Nensi Karakiyga qarshi kortga chiqib 6:2, 6:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ikkinchi uchrashuvda Xoda Habibni 6:0, 6:1 hisobida engdi.

Ayni damda O‘zbekiston va Livan terma jamoalari juftlik bahslarida kuch sinashmoqda. Unda Nigina Abduraimova hamda Oqgul Omonmurodova tandemi Sara Nassif va Nensi Karakiyga qarshi kuch sinashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!