
«Barselona» Goretskani qo‘lga kiritish fikridan qaytmayapti
«Barselona» rahbariyati va murabbiylar shtabi «Shalke-04» jamoasi yarim himoyachisi Leon Goretskaga qiziqish bildirishda davom etmoqda.
«Mundo Deportivo» xabariga ko‘ra, katalon klubi selektsioneri Pep Boada futbolchining Germaniya Bundesligasi 9 turida «Maytns»ga qarshi bahsda futbolchining o‘yinlarini kuzatib bordi.
Ma’lumot uchun, Goretskaning gelzenkirxenliklar bilan shartnomasi 2018 yilda nihoyasiga etadi. Futbolchining o‘zi esa OAVga «Shalke-04»dan ketish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar