«Barselona» Verrattini sotib ololmasa, nima qiladi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning «Barselona» klubi «PSJ» yarim himoyachisi Marko Verrattini qo‘lga kirita olmasa, «Yuventus» futbolchisi Miralem Pmyanichni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Ispan OAVning yozishicha, Pmyanich «Lion»da o‘ynab yurgan kezlaridayoq, «Barselona» uni o‘z safida ko‘rishni istagan.

Yakunlangan mavsumda Pmyanich A Seriyada 30 ta o‘yinda ishtirok etdi va 5 ta gol kiritib, 9 ta golga assistentlik qildi. Bosniyalik futbolchining turinliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilda nihoyasiga etadi.

Ilgariroq, «Barselona» Verratti keladigan bo‘lsa, Ivan Rakitichni sotishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!