«El-Klasiko»lardagi «xet-trik» va «poker»lar

  • 2 dekabr, 2016, 10:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga hammaning diqqat e’tibori Kataloniyadagi «Kamp Nou» stadioniga qaratiladi. Biz shu munosabat bilan ushbu ikki grand jamoalar bahsida «xet-trik» va «poker»ga erishgan futbolchilar haqida ma’lumot berib o‘tadi.

«Barselona» futbolchilarining «xet-trik»lari
1. P.Alkantara (-). «Real» - «Barselona» 6:6. 13.04.1916 (kubok)
2. Ramon (12, 35, 73). «Barselona» - «Real» 3:1. 05.04.1931 (chempionat)
3. Sesar (36, 56, 74). «Barselona» - «Real» 4:2. 02.03.1952 (chempionat)
4. Evaristo (22, 68, 70). «Barselona» - «Real» 4:0. 26.10.1958 (chempionat)
5. Romario (24, 56, 81). «Barselona» - «Real» 5:0. 08.01.1994 (chempionat)
6. Messi (10, 27, 88). «Barselona» - «Real» 3:3. 10.03.2007 (chempionat)
7. Messi (42, 65 pen, 84 pen). «Real» - «Barselona» 3:4. 23.03.2014 (chempionat)

«Real» futbolchilarining «xet-trik»lari
1. Bernabeu (15 pen, 31, 62). «Real» - «Barselona» 4:1. 02.04.1916 (kubok)
2. Belaunde (-). «Real» - «Barselona» 6:6. 13.04.1916 (kubok)
3. Laskano (42,68,72). «Real» - «Barselona» 5:1. 30.03.1930 (chempionat)
4. Laskano (14, 42, 73). «Real» - «Barselona» 8:2. 03.02.1935 (chempionat)
5. Naro (8, 17, 29). «Real» - «Barselona» 4:1. 14.01.1951 (chempionat)
6. Pushkash (24 pen, 35, 71). «Barselona» - «Real» 1:5. 27.01.1963 (chempionat)
7. Pushkash (37, 68, 84 pen). «Real» - «Barselona» 4:0. 15.12.1963 (chempionat)
8. Amansio (16, 31, 74). «Real» - «Barselona» 4:1. 08.11.1964 (chempionat)
9. Samarano (5, 21, 39). «Real» - «Barselona» 5:0. 07.01.1995 (chempionat)

«Xet-trik»chilar borasida «Real» jamoasi futbolchilari oldinda. Madridliklar «El-klasiko»larda 9 marta, Kataloniyaliklar esa 7 marta o‘z nomlariga «xet-trik» yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishgan.

Qiziqarli faktlar
- 16 ta «xet-trik»ning 6 tasi «Barselona» maydonida, 10 tasi esa «Real»ning uy stadionida qayd etilgan.

- Jami 13 nafar futbolchi bir o‘yinda uchtadan gol kiritgan.

- «Barselona» futbolchilari ikki marta «Santyago Bernabeu»da, Madridliklar esa «Kamp Nou»da bir bora «xet-trik»ka erishishgan.

- 3 nafar futbolchi «El-klasiko»larda ikki martadan «xet-trik»ka erishishgan. «Barselona»dan Messi, «Real»dan esa Laskano va Pushkashlar bu natijani qayd etishgan.

- «Real» futbolchilari Naro hamda Samaranolar birinchi bo‘limdayoq «xet-trik»ni rasmiylashtirib qo‘yishgan.

- Naro eng tezkor «xet-trik» sohibidir. U 21 daqiqa ichida (8-29 daqiqalar) uch bora «Barsa» darvozasini ishg‘ol qilgan.

- 1916-yilgi Ispaniya kubogida har ikkala jamoa futbolchilari Alkantara va Belaundelar «xet-trik»ka erishishgan. Biroq ularning nechanchi daqiqalarda gol kiritganliklari haqidagi ma’lumotlar saqlanib qolmagan.

- «Real»ning vengriyalik hujumchisi Ferents Pushkash 1963 yilda ikki marta «Barsa» darvozasini uch martadan ishg‘ol qilgan.

- Eng kech «xet-trik» Messiga tegishli. Leo 2007 yilgi «klassiko»da 88 daqiqada uchinchi golini kiritib jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (3:3).

- Messi 2014 yilda ikkinchi marta «xet-trik»ka erishadi. E’tiborli tomoni u gollarining ikkitasini penaltidan kiritgan. Bunday ko‘rsatkich hozircha yagonadir.

- Jamoasi futbolchilari «xet-trik» qayd etgan o‘yinlarda «Barsa» 2 marta, «Real» esa 8 bora yirik hisobda g‘alabaga erishgan.

«Poker»lar

«Barselona» futbolchilarining «poker»lari
1. Samiter (19, 26, 43, 64). «Real» - «Barselona» 1:5. 18.04.1926 (kubok)
2. Ventorla (43, 62, 68, 82). «Barselona» - «Real» 5:0. 21.04.1935 (chempionat)
3. Martines (4, 48, 50, 63). «Barselona» - «Real» 6:1. 19.05.1957 (kubok)

«Real» futbolchilarining «poker»lari
1. Sanyudo (21, 35, 47, 81). «Real» - «Barselona» 8:2. 03.02.1935

«Poker» qayd etishda esa «Barselona» futbolchilari oldinda. Kataloniyalik futbolchilar «klassiko»larda 3 bora, Madridliklar esa 1 marta «poker»ga erishishgan.

Qiziqarli faktlar
- «El klasiko»larda 4 nafar futbolchi «poker»ga erishgan.

- Eng tezkor «poker» «Barsa» futbolchisi Ventorlaga tegishli. U 43-82 daqiqalar orasida, ya’ni 41 daqiqa ichida to‘rtta gol kiritgan.

- «Barselona» hujumchisi Samiter kubok bahslarida Madridda 4 ta gol urgan.

- 1935 yilgi «Real» - «Barselona» (8:2) uchrashuvida mezbonlar safida Laskano «xet-trik», Sanyudo esa «poker»ga erishadi.

Furqat Yusupov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!