«Everton» klubi yosh darvozabon uchun 34 mln evro to‘ladi
Angliyaning «Everton» klubi «Sanderlend»dan Jordan Li Pikfordni sotib olganini rasman e’lon qildi. 21 yoshli darvozabon uchun «irislar» «Sanderlend»ga 34 mln evro to‘lashgani ma’lum bo‘ldi.
Yakunlangan mavsumda Premer ligada 29 o‘yin o‘tkazgan Angliya yoshlar terma jamoasi kiperi Liverpul shahri jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Qayd etish joiz, Pikford 29 o‘yinda 50 ta gol o‘tkazib yuborgan edi.

Fikrlar