«Sautgempton» Pyuelni ishdan oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning «Sautgemtpon» klubi, bosh murabbiy Klod Pyuelni iste’foga chiqarilganini ma’lum qildi.

«Klod Pyuel vazifasidan ozod etilganini ma’lum qilamiz. Unga jamoaga qilgan yaxshiliklari uchun o‘z tashakkurimizni izhor etamiz. Klodning kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hozirda esa yangi murabbiy izlash ishlari boshlab yuborildi», – deb yozmoqda klub rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, Pyuel «avliyolar»ni o‘tgan mavsum avvalida qabul qilib olgan edi. Uning boshqaruvida jamoa Premer ligada 8 o‘rinni qo‘lga kiritdi va Liga kubogi finaliga qadar etib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!