Gamburg: Leonardo Mayer birinchi bo‘lib finalga yo‘l oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tayotgan "German Tennis Championship" turnirida yarim final bahslari boshlandi.

Professional tennischilar uyushmasi – tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqada slovakiyalik Yozef Kovalik argentinalik Leonardo Mayerga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuvda Mayer 6:7, 6:4, 7:6 hisobida zafar quchdi.

Endi Leonardo musobaqaning finalida chililik Nikolas Xarri va gruziyalik Nikoloz Basilashvili o‘yini g‘olibi bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!