
Ibrohimovich va Marsyal "Vest Xem" himoyasini "yorib tashladi"
Angliya ligasi kubogi musobaqasining chorak finalida "Manchester Yunayted" futbolchilari "Vest Xem" bilan kuch sinashdi. Ushbu uchrashuvda Joze Mourino shogirdlari haqiqiy kuchini ko‘rsatdi.
O‘yinda Zlatan Ibrohimovich va Antoni Marsyal ikkitadan gol urib, jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Jamoa yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan ikkita golli pas uzatib, Mourinoning ishonchini oqladi. Bastian Shvaynshtayger esa 86-daqiqada maydonga tushirildi va yangi mavsumda ilk bor futbol o‘ynash imkoniga ega bo‘ldi.
"Manchester Yunayted" Angliya ligasi kubogi yarim finalida "Xall Siti" jamoasi bilan raqobatlashadi.
Angliya ligasi kubogi. 1/4 final
Manchester Yunayted (Manchester) – Vest Xem Yunayted (London) – 4:1
Gollar: Ibrohimovich, 2 (1:0); Fletcher, 35 (1:1); Marsyal, 48 (2:1); Marsyal, 62 (3:1); Ibrohimovich, 90+3 (4:1).
Ogohlantirishlar: Valensiya, 39; Runi, 53 – Obyang, 15.
Fikrlar