Asosiy mazmunga oʻtish

Qishgi sport turlari

Kaysa Myakyaryaynen barchani "qor changida" qoldirib ketdi

Zohir2018
Izohlar: 0

Kaysa Myakyaryaynen marraga birinchi bo‘lib etib keldi

Sloveniyaning Poklyuka shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining birinchi bosqichida sprint poygalari o‘z nihoyasiga etdi

Kecha musobaqaning ayollar o‘rtasidagi 7,5 kmga o‘tgan sprint bahslarida finlyandiyalik Kaysa Myakyaryaynen 20:08.1 natija ko‘rsatib marraga birinchi bo‘lib etib keldi. Poygada italiyalik Doroteya Virer ikkinchi, frantsiyalik Jyustin Breza uchinchi o‘rinni egalladi.

Bugun, 9 dekabr kuni erkaklar va ayollar o‘rtasida ta’qib poygalari o‘tkaziladi. Erkaklar o‘rtasidagi poyga Toshkent vaqti bilan soat 15:45da boshlansa, ayollar bahsi 18:45da o‘tkaziladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q