Sten Vavrinkaning to‘xtash niyyati yo‘q
Shveytsariyalik tennichi Sten Vavrinka "Tsintsinnati" shahrida davom etayotgan "Masters" turnirining ikkinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Sten mazkur bosqichda yaponiyalik Kei Nishikoriga qarshi o‘yin o‘tkazib, har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi "Western & Southern Open" turnirining uchinchi davrasida Vavrinka vengriyalik Marton Fuchovichga bilan raqobatlashadi.

Fikrlar