Aleksey Vatutin Lion kortlarida javlon urmoqda
Frantsiyaning Lion shahrida "Chellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqada rossiyalik tennischi Aleksey Vatutin uchinchi davraga yo‘l oldi.
Turnirning ikkinchi bosqichida Aleksey mezbonlar vakili Konstan Lestennga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 7:6, 1:6, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Vatutin chorak final bosqichiga chiqish uchun o‘tadigan uchrashuvda yana bir frantsiyalik tennischi Korenten Mutga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar