Amerikalik UFC jangchisi: “Islom Maxachevning zarba texnikasi doim kuchli bo‘lgan, biroq...”

  • 15.02.2026 14:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Amerikalik UFC jangchisi Jerald Mirshert yarim oʻrta vazn toifasida amaldagi chempion Islom Maxachevning zarba texnikasi haqida fikr bildirdi.

“Islomda har doim yaxshi zarba boʻlgan. Shunchaki koʻplab janglarda bundan foydalanishga zarurat tugʻilmagan, chunki u raqiblarini osonlikcha parterga oʻtkaza olardi. Masalan, Maxachev klincha kiradi, raqibning qoʻlini nazoratga oladi va kichik oyoq chalishlar bilan muvozanatini buzadi. Shunday vaziyatda unga ortiqcha zarba berishning hojati qolmaydi. Aleksandr Volkanovskiga qarshi ikkinchi jangda Islom ancha vaqt davomida yaxshi oyoq zarbalarini ishlatdi. Biroq baribir zarba imkoniyatlarini toʻliq ochib berishga shoshilmagan, chunki u bir zarba berishi bilan darhol teykdaun amalga oshiradi. Agar raqib oʻrnidan tura olmasa, oyoq zarbalari ham ortiqcha boʻlib qoladi”, — dedi Mirshert "The Casuals MMA" nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq, Maxachevning zarba texnikasi koʻplab mutaxassislar tomonidan kam baholangani aytilgan edi. Biroq soʻnggi janglar shuni koʻrsatmoqdaki, u nafaqat kurash, balki "stoyka"da ham yaxshi jang qiladi.

Zeboniso Hamidova tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!