Balde: “Umid qilamanki, "Barselona" yana "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etadi”
“Barselona” himoyachisi Alexandro Balde “Real Madrid”ga qarshi o‘yindan oldin jamoasining g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi.
“Men "El-Klasiko"ni intiqlik bilan kutyapman. Bu o‘ziga xos o‘yin. Umid qilamanki, "Barselona" yana "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etadi. Ammo eng muhimi — bu to‘qnashuvda uch ochkoni qo‘lga kiritish.
O‘ylaymanki, biz o‘yindan oldin yaxshi kayfiyatdamiz, ammo jamoalarning hozirgi formasi bu bahsda unchalik ahamiyatga ega emas, chunki klasikoda har narsa bo‘lishi mumkin”, — dedi Balde.
Ma’lumot uchun, madridliklar va kataloniyaliklar o‘rtasidagi uchrashuv 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.



Fikrlar