"Bizni shaxmat partiyasi kutmoqda" – Israel Adesanya Perreya va Gan jangi haqida gapirdi

  • 13.06.2026 10:25
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli MMA ustasi Isroil Adesanya sobiq raqibi Aleks Perreyra va fransiyalik Siril Gan oʻrtasidagi jang haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

"Jon Jonsning qaytish yoki qaytmasligini aniq bilmaymiz, Tom Aspinall esa hali ham jarohatdan tiklanyapti. Shu bois Aleksning ogʻir vaznga oʻtishi UFC uchun juda zarur edi.

Ha, braziliyalik oʻrta va yarim ogʻir vaznda chempion boʻldi. Endi esa ilgari hech kim hech qachon qilmagan va hatto urinmagan ishni qilmoqchi. Bu mutlaqo telbalik. Ammo men mana shu telbalikni koʻrmoqchiman.

Bizni shaxmat oʻyini kutmoqda. Agar Aleks gʻalaba qozonsa, bu Everestni zabt etgan birinchi odamni koʻrishga oʻxshaydi. Bu tarix va men uning uddalashiga ishonaman. Bu taqdir", - dedi Adesanya oʻz videosida.

Eslatib oʻtamiz, "Poatan" Oq Uydagi turnirda zafar quchsa, UFC tarixida uch vaznda chempion boʻlgan ilk jangchiga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!