
Cheyl Sonnen: "Nurmagomedovlar marhum Abdulmanap Nurmagomedov boshchiligida jangovar sport turlari bo‘yicha eng katta oilaga aylandi”
O‘rta va yarim og‘ir vazn toifasida UFC kamari uchun sobiq da’vogar, MMA faxriysi Cheyl Sonnen marhum Abdulmanap Nurmagomedov va uning jamoasi haqida gapirdi .
“Bir turnirda Islom Maxachev UFC kamarini himoya qiladi, Umar Nurmagomedov chempionlik uchun oktagonga ko‘tariladi. Usmon Nurmagomedov esa bir haftadan keyin PFL/Bellator kamarini himoya qilishi rejalashtirilgan. Bu - otaning mehnatlari samarasi. Nurmagomedovlar marhum Abdulmanap Nurmagomedov boshchiligida jangovar sport turlari bo‘yicha eng katta oilaga aylandi”, - deb yozdi Sonnen ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev navbatdagi jangini 18 yanvar kuni Los-Andjelesda, "UFC 311" turnirida Arman Tsarukyanga qarshi o‘tkazadi. Umar Nurmagomedov esa xuddi shu musobaqada UFC kamarini Merab Dvalishvilidan olishga urinib ko‘radi.
Fikrlar