Dembele "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alabaga izoh berdi
PSJ hujumchisi Usmon Dembele Chempionlar ligasi yarim finalida “Bavariya”ga qarshi oʻyindagi 5:4 hisobidagi gʻalaba haqida fikr bildirdi.
“Ikkita kuchli jamoa, ular hujum qiladi va ortiqcha savol bermaydi. Bu — Chempionlar ligasi yarim finali. Natijadan mamnunmiz, ammo 5:2 hisobida biroz oʻyinni qoʻyib yubordik.
Bu ajoyib uchrashuv boʻldi. Biz Myunxenga gʻalaba qozonish va keyingi bosqichga chiqish uchun boramiz. Oʻz falsafamizni oʻzgartirmaymiz: biz hujum qilamiz, ular ham hujum qiladi”, — dedi Dembele.
Maʼlumot uchun, javob bahsi 6 aprel dan 7 aprel ga oʻtar kechasi Germaniya boʻlib oʻtadi.

Fikrlar