
Elina Svitolina chorak finalda qoqildi
Kanadaning Toronto shahrida tennis bo‘yicha “Premer” turkumiga kiruvchi musobaqaning chorak final bahslari o‘tkazilmoqda.
"Rogers Cup" musobaqasining chorak final uchrashuvida ukrainalik Elina Svitolina va amerikalik Sofiya Kenin o‘zaro raqobatlashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan mazkur o‘yinda Elina 6:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Sofiya yarim finalda kanadalik Byanka Andreskuga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar