Enrike: "Barselona" EChL g‘olibligi uchun asosiy favoritlardan biri"

  • 2 oktabr, 10:13
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar Ligasining 2-turi doirasida PSJ "Barselona" jamoasi bilan bahs olib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike kataloniyaliklarning turnirda chempion bo‘lish imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Tecno

"Barselona" Chempionlar Ligasi g‘olibligi uchun favoritlardan biri. Jamoa yuqori saviyada fantastik o‘yin ko‘rsatmoqda. Kamdan-kam klublarda bunday tushunarli futbol uslubi mavjud. Flik shogirdlari va mening jamoam chempionlikka asosiy da’vogar hisoblanadi. Ammo barchasini pley-off o‘yinlari hal qiladi", — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, parijliklar 2-turdan so‘ng 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!